Farg‘ona shahridagi "Bolajon" bog‘ida viloyatdagi Oilaviy bolalar uylari farzandlari uchun "Yangi O‘zbekistonning baxtiyor bolalari" shiori ostida bayram dasturxoni yozilib, ko'ngilochar dasturlar, Vatanni tarannum etuvchi kuy va qo'shiqlar yangradi.
Tadbir Farg‘ona viloyati hokimi o‘rinbosari hamda Milliy gvardiya Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosarlari tomonidan bayram tabriklari o‘qib eshittirilgan holda ochib berildi.
Shundan so‘ng, viloyat hokimi o‘rinbosari tomonidan Farg‘ona tumanidagi "Kelajak va baxt" nomli Oilaviy bolalar uyi rahbari Ro‘ziboyeva Mavluda opaga “O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining fidoyi xodimi” ko‘krak nishoni tanatanali ravishda topshirilib, bolajonlarga atalgan bayram sovg‘alari ulashildi.
Ko‘rsatilayotgan bu kabi e'tibor uchun ota-onalar va bolajonlar davlatimiz rahbariga, Milliy gvardiyaga, tadbir tashkilotchilarga o‘z minnatdorchiliklarini bildirdi.
Tadbirning ikkinchi qismida yoshlar turli atraksionlarda uchib, qiziqarli o'yinlarda katta ishtiyoq bilan ishtirok etishdi.
Ta’kidlash joizki, bolajonlar bayram kuni maroqli dam olib, madaniy xordiq chiqarishdi.