Aynan shunday shior ostida poytaxtning Olmazor tumanidagi eshitish qobiliyati past bo‘lgan bolalar 102-ixtisoslashtirilgan maktab-internati o‘quvchilari va A. Xlebushkina nomidagi 22-Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari uchun har bir bolaning o‘z isteʼdodi va qobiliyatlarini namoyish etishga imkon beradigan tadbir tashkil etildi. Bolalarning bir-birlari bilan tanishishi foydali bo‘ldi, ular bir-birlarini tushunishni, noverbal muloqot qurishni o‘rganishdi va eng muhimi, bu daqiqalar “empatiya” uyg‘otib, ularga o‘z ehtiyoj va imkoniyatlari mavjud bo‘lgan turli xil odamlar yashaydigan dunyoni to‘g‘ri idrok etishni o‘rgatdi.