Davlat jamiyatning barcha qatlamlari haqida bir xil qayg‘urgani kabi “Mehr daftari” orqali yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarga ha yangi imkoniyatlar eshigini ochdi va ular o‘zlarining hozir hamda kelajakdagi hayotini to‘liq shakllantirib olishi uchun barcha sharoitlarni yaratib bermoqda.
Shu maʼnoda, Kogon shahar “Mehr daftari”ga kiritilgan 5 nafar bolalarning muammolari inobatga olinib, o‘quv qurollari olib berildi hamda 1 nafar bolaga isteʼdodini qo‘llab-quvvatlash maqsadida tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishi uchun ayollar go‘zallik saloni buyumlari topshirildi.
Kogon shahar hokimligi, viloyat hokimligi apparati Bolalarni himoya qilish masalalari kotibiyati hamda Milliy gvardiya Buxoro viloyati bo‘yicha boshqarmasi masʼullari tomonidan mazkur sovg‘alar taqdim etilib, barkamol avlodni komil inson etib voyaga yetkazish yo‘lidagi xayrli va ibratli xizmatlari uchun o‘z tarbiyasiga olgan tutingan ota-onalar tashakkurnomalar bilan taqdirlandilar.