Mazali pishiriq suratlari Fargʻona viloyati Qoʻqon shahrida istiqomat qiluvchi Mavluda Madgʻoibova tomonidan yuborilgan. Oilaviy bolalar uyi asoschisining aytishicha, farzandlari maktabdagi mashgʻulotlardan soʻng, qiziqishlariga koʻra turli toʻgaraklarga qatnaydi,shuningdek, sevimli mashgʻulotlari – pazandachilik bilan ham shugʻullanadi.
Kechki taomdan soʻng dasturxonga tortilgan mazali shirinliklar barcha oila aʼzolariga birdek manzur boʻldi.
– Qizlarim oliy oʻquv yurtlariga oʻqishga kirgunga qadar kelajakda kasb tanlashda yordam beradigan barcha koʻnikmalarni va chet tillarini oʻrganishni oʻz oldiga maqsad qilib qoʻygan, – deydi faxr bilan Mavluda Madgʻoibova.