Xiva shahridagi “Gazchi” mahallasida yashovchi 2-sonli Oilaviy bolalar uyining besh nafar farzandi IT-parkda "Kompyuter savodxonligi" kursini tamomladi. Kuni kecha Mahliyo, Dilmurod, Boytoʻri, Shukurjon va Yoqutjonlarga kursni muvaffaqiyatli tamomlaganliklari toʻgʻrisidagi sertifikatlar topshirildi.
“Bu zamonaviy texnologiyalarni o‘zlashtirish yo‘lidagi birinchi qadamdir, – deydi oʻgʻil-qizlar. Biz bugungi kunda talab qilinadigan dasturlarni yanada puxta egallash uchun ta’limimizni davom ettirishni xohlaymiz. Dasturlash tizimini oʻrganish maqsadga muvofiq boʻlar edi."