Kuni kecha Termiz shahrida yashovchi Muhabbat Xoliqovaning oilasiga Termiz davlat universiteti xorijiy filologiya fakulteti o‘qituvchilari va talabalari tashrif buyurishdi. Bo‘lajak o‘qituvchilar va ularning ustozlari bolalar uchun sovg‘alar va qiziqarli konsert dasturini tayyorlab keldilar. Shuningdek, bolalar bilan intellektual o‘yinlar va adabiy bellashuvlar o‘tkazdilar, bolalar qaysi chet tillarini o‘rganayotgani va qaysilarni o‘rganishni xohlashlarini so‘rashdi. Chet tili darslari o‘qituvchilik amaliyotiga muhtoj bo‘lgan talabalar uchun ham, bolalarning o‘ziga ham foyda keltiradi.