Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati boʻyicha boshqarmasi harbiy xizmatchilari tomonidan viloyatdagi Oilaviy bolalar uylari farzandlаri uchun bir qator muqaddas qadamjolarga sayohat tashkil etildi. Dastlab bolajonlar Sherobod tumandagi Abu Iso Muhammad at-Termiziy ziyoratgohida boʻlib, tarixiy allomaning hayoti va ijodi, shuningdek, bunyod etilgan obida bilan yaqindan tanishdilar.
Keyingi manzil Termiz tumanidagi Imom At-Termiziy meʼmoriy yodgorlik majmuasi boʻldi. Sayohat davomida o`g`il-qizlar tarixiy, maʼnaviy, madaniy ahamiyatga ega ushbu yodgorliklar hamda koʻhna Termiz shahrining qadimiy tarixi va boy madaniy maʼnosi toʻgʻrisida qiziqarli maʼlumotlarga ega boʻlib, uylariga katta taassurotlar bilan qaytishdi.