Milliy gvardiya Buxoro viloyati bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘i tomonidan viloyatda tashkil etilgan Oilaviy bolalar uylariga tashrif buyurilib, ularning yashash sharoiti, turmush tarzi o‘rganildi. Shu bilan bir qatorda, salomatligiga ham alohida e’tibor qaratilib, kasalligi mavjud bolalarni salomatligini tiklash borasida mas’ullarga vazifalar belgilab berildi.
Tashrif davomida Buxoro shahridagi Jo‘rayevlar oilasi farzandi Shahrizoda Safarovada mavjud kasalliklar bo‘yicha mas’ul vakillar tomonidan viloyat ko‘ptarmoqli bolalar tibbiyot markaziga olib kelindi va mutaxassislarning chuqurlashtirilgan ko‘rigidan o‘tkazildi.
Shundan so‘ng, tegishli tahlillar olinib, davolash muolajalari o‘tkazildi.
Ayni damda zarur dori vositalari olinishida amaliy yordam ko‘rsatilib kelinmoqda.