Milliy gvardiya Buxoro viloyati bo‘yicha boshqarmasi mas'ullari tomonidan bolajonlarning ta'til kunlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida oilaviy bolalar uylari tarbiyalanuvchilari va harbiy xizmatchilarning farzandlari bilan Buxoro viloyati Jondor tumanidagi "Maxmud Torobiy" nomidagi vatanparvarlik bog‘iga sayohat tashkil etildi.
Sayohat davomida bolajonlar Ikkinchi Jahon urushi yillarida foydalanilgan harbiy texnikalarning eksponatlari bilan yaqindan tanishishdi hamda o‘zlarining qiziqtirgan savollariga batafsil ma’lumotlar oldilar.
E'tirof etish joiz, yoshlar ma'naviyatini yanada yuksaltirishga, bilimini boyitishga xizmat qiluvchi bu kabi tadbirlar an'anaviy tarzda davom ettirilmoqda.