Bugungi kunda davlatimiz rahbari tomonidan bir qator qaror hamda farmonlarning qabul qilinishi ota-onasidan ajragan, mehrga muhtoj bolalarning kelajagi uchun muhim tashabbuslardan biri bo‘ldi. Ana shunday qarorlarni ijrosini taʼminlash maqsadida kuni kecha Guliston shaharda istiqomat qiluvchi fuqaro Abrorxon Ahmadxonov hamda uning turmush o‘rtog‘i Zilola Ahmadxonovalar xonadonida navbatdagi "Bolajonlarning kelajagi buyuk" nomli oilaviy bolalar uyi tashkil etildi. Eʼtirof etish joiz, bugun mehribon davlatimiz tomonidan oila deb atalmish qo‘rg‘onga alohida eʼtibor qaratilib, har bir oilaning muammosi davlat darajasidagi muammoga tenglashtirilmoqda. Xususan, ana shunday ezgu va xayrli ishlarning Sirdaryo viloyatidagi tashabbuskor oilalaridan biri Ahmadxonovlar oilasi ham o‘z oilasiga 5 nafar "Bolalar shaharchasi" tarbiyalanuvchilarini o‘z g‘amxo‘rliklariga olayotganliklari bugungi kunning chinakam qahramonligidir.