Milliy gvardiya Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi psixologlari tomonidan Zokirovlar oilasi farzandlarining taʼlimi, bo‘sh vaqtlarida kasb-hunar va sport mashg‘ulotlari bilan mashg‘ul bo‘lishlari hamda oiladagi sog‘lom muhit ostida tarbiya topayotganliklari o‘rganishlar davomida yaqqol ko‘zga tashlanmoqda.
Bolajonlar bilan o‘tkazilgan suhbatlar va o‘rganishlar davomida ularning ko‘zlarida oilasidan, ota-onasidan mamnunligini ko‘rish mumkin.
O‘ylaymizki, har bir farzandga qaratilgan mehr va eʼtibor o‘z mevasi va yaxshi natijalarini albatta namoyon etadi.