Milliy gvardiya va Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan Mehribonlik hamda Oilaviy bolalar uylari tarbiyalanuvchilarini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilishi yuzasidan belgilab olingan rejalar ijrosini taʼminlash maqsadida Buxoro viloyatining shahar va tumanlaridagi poliklinikalarda chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik tashkil etildi.
Taʼkidlash joizki, mazkur tadbirda shifokorlar ko‘rigidan o‘tkazilgan farzandlarga dastlabki tekshiruvlarda aniqlangan sog‘lig‘idagi muammolar yuzasidan tibbiy xizmat ko‘rsatish ishlari olib borilmoqda.
Tadbirlar davomida, Milliy gvardiya Buxoro viloyati bo‘yicha boshqarmasi tibbiyot xizmati masʼullari tomonidan muolajalarning bosqichma-bosqich amalga oshirilishi nazoratga olindi.