Milliy gvardiya Buxoro viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti Harbiy-vatanparvarlik, maʼnaviy-maʼrifiy tarbiya va yoshlar bilan ijtimoiy ishlash kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan Sog‘liqni saqlash vazirligi tasarrufidagi Buxoro viloyat Bolalar uyi faoliyati o‘rganildi.
Xususan, 0 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan davrda voyaga yetadigan, 75 nafar tarbiyalanuvchiga mo‘ljallangan Bolalar uyining shart-sharoitlari, u yerda faoliyat ko‘rsatayotgan tarbiyachilar, psixolog va defektolog ish hujjatlari va amalga oshirilgan ishlari, shu bilan birga pedagogik ish jarayonida yuzaga kelayotgan muammolar o‘rganildi. Shunga ko‘ra, tarbiyachilarga mutaxassislar tomonidan kerakli taklif va tavsiyalar berildi hamda kelgusidagi hamkorlik rejalari belgilab olindi.