Navoiy shahridagi "Oftobjon" bolalar oromgohida "Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, ularni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida qator ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
Tadbir davomida harbiy qism va tegishli tashkilotlar ishtirokida faxriy qorovul bo'linmasi va kinologiya yo‘nalishidagi xizmat itlarining ko‘rgazmali chiqishlari hamda kamondan otish sport turi bo‘yicha mahorat darslari tashkil etildi.
Mazkur tadbir orqali yoshlar harbiy soha bilan yaqindan tanishish, jismoniy va ruhiy tayyorgarlik darajasini oshirish imkoniga ega bo‘lishdi. Ishtirokchilar tomonidan katta qiziqish va faol ishtirok bilan o‘tgan ushbu tadbirlar ularning xotirasida unutilmas taassurotlar qoldirdi.