Milliy gvardiya Samarqand viloyati bo‘yicha boshqarmasi tomonidan viloyatdagi Oilaviy uylar farzandlari salomatligini nazorat qilish maqsadida chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik o‘tkazildi.
Tadbir davomida malakali shifokorlar tomonidan bolalarning umumiy sog‘lig‘i, qon bosimi, yurak-qon tomir tizimi, ko‘z va tish salomatligi, shuningdek infeksion holatlar bo‘yicha batafsil tekshiruvlar amalga oshirildi. Zaruratga ko‘ra bolalarga kerakli tibbiy tavsiyalar berildi hamda sog‘lom turmush tarziga oid foydali maslahatlar taqdim etildi.