O‘zbekiston xalq cholg‘u asboblari orkestri jamoasi Toshkentdagi 22-sonli “Mehribonlik” uyi tarbiyalanuvchilari bilan suhbat qurishdi. Sozandalar bolalarga xalq cholg‘u asboblari haqida, mamlakatimizning har bir hududida o‘sha hudud madaniyatini aks ettiruvchi o‘ziga xos musiqa an’analari mavjudligi, ko‘plab cholg‘u asboblarining o‘z ildizi va ajdodlari borligi haqida so‘zlab berdilar. Bolalar xalq musiqasi barhayot va sevimli bo‘lishiga hissa qo‘shgan iqtidorli musiqachilar haqidagi ma’lumotlarni katta qiziqish bilan tingladilar. Mehmonlar bolajonlarni kirib kelayotgan Yangi yil bayrami bilan tabriklab, xalq va zamonaviy kuy-qo‘shiqlarni ijro etishdi. Uchrashuv so‘nggida sozandalar bolajonlarni musiqaga mehr, bugungi kungacha ijod ahli uchun ilhom manbai bo‘lib kelayotgan xalq qo‘shiqlari, milliy kuylarga qiziqish uyg‘otdi.