O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Bola huquqlari bo‘yicha vakili (bolalar ombudsmani) Aliya Yunusova, Milliy gvardiya Mehribonlik bolalar muassasalari bilan ishlash bo‘limi katta ofitseri podpolkovnik Barno Ashirmatova va Milliy gvardiya Samarqand viloyati bo‘yicha boshqarmasi harbiy xizmatchilari Xo‘ja Ahror Vali mahallasiga tashrif buyurishdi. Joriy yilning 29 oktyabr kuni samarqandlik Mehribon Tohirova to‘rt nafar farzand – ikki o‘g‘il va ikki qizning onasiga aylandi. Harbiy xizmatchilar tomonidan to‘rt egizakning baxtli onasiga bolalar aravachalari taqdim etildi.
Aliya Yunusova ona va yangi tug‘ilgan chaqaloqlar joylashgan viloyat perinatal markazi shifokorlari bilan ularning salomatligi, shuningdek, markazning mehnat sharoitlari haqida suhbatlashdi.