Yetim va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalаrni uy-joy bilan taʼminlash boʻyicha joriy yilning 9 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar tahliliga bagʻishlangan Respublika Bolalar masalalari boʻyicha milliy komissiyasining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
Unda Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri oʻrinbosari, Bolalar masalalari boʻyicha Milliy komissiya hamraisi Zulayho Mahkamova, Bolalar Ombudsmani - Komissiya hamraisi Aliya Yunusova, Xalq taʼlimi vaziri oʻrinbosari Vahobjon Rajapov hamda Komissiya aʼzolari ishtirok etdi.
Yigʻilish davomida yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni uy-joylarga boʻlgan huquqini taʼminlash mavzusida maruza qildi. Yig
ilish davomida hududiy hokimliklar va Milliy komissiya a`zolari hisobotlari eshitildi.