Mamlakatimizda bolalar uylari tarbiyalanuvchilarini oilaviy hayotga tayyorlash va ularning ijtimoiy himoyasi masalasiga bugungi kunda yurtboshimiz tomonidan yuksak eʼtibor qaratilayotgani hech birimiz uchun sir emas. Prezidentimiz tomonidan bu borada Milliy gvardiya tuzilmalariga bir qator vazifalar yuklatilgan bo‘lib Milliy gvardiya Namangan viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda viloyat qo‘riqlash boshqarmasi tomonidan viloyat xududida tashkil etilgan oilaviy bolalar uylarida tarbiyalanayotgan bolalarning kundalik turmush tarzi va oilaviy sharoitlarga ko‘nikishlarida yaqindan yordam berib kelinmoqda. Jumladan, bugun Muhammadali Qambarov tomonidan o‘tgan yilning oktyabr oyida tashkil etilgan "Yorqin kelajak" nomli oilaviy bolalar uyi, 5 nafar (hammasi o‘g‘il) farzandlarini bugungi kundagi axvolidan xabar olindi.
Tashrif davomida tarbiyalanuvchilar bilan suhbatlashilib, ularning kelajakdagi orzu umidlari xaqida suxbatlashildi.
Xodimlar bolalarga samimiy tilaklar bildirib, bolalarga esdalik sovg‘alarini topshirdilar.