Prezident Adminstratsiyasi shoʻba mudiri A.Murtazayev, Milliy gvardiya qo‘mondoni o‘rinbosari, polkovnik S.Mamayusupov hamda Yozuvchilar uyushmasi raisi o‘rinbosari B.Ergashevlar boshchiligidagi Respublika ishchi guruhi aʼzolari Namangan shahrida joylashgan Psixofizik rivojlanishi buzilgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan tipdagi bolalar uyining 32 nafar (16 nafar o‘g‘il, 16 nafar qiz) tarbiyalanuvichilari holidan xabar olishdi. Ularga yaratilgan shart-sharoitlar o‘rganilib, muammolar aniqlandi va bartaraf etish bo‘yicha tezkor vazifalar belgilandi. Shuningdek, murg‘ak dillarni xursand qilish maqsadida tarbiyalanuvchilarga turli sovg‘alar topshirildi.