Milliy gvardiya Qashqadaryo viloyati boʻyicha boshqarmasi harbiy xizmatchi va xodimlari Qarshi shahridagi Oilaviy bolalar uyiga tashrif buyurdi. Tadbir avvalida mehmonlar bolajonlarning ota-onasi bilan munosabatlarini, boʻsh vaqtlarida nimalar bilan mashgʻul boʻlayotganliklarini, ularni hozirda qanday muammolar qiynayotganligini oʻrgandi. Shundan soʻng, oʻgʻil-qizlar bilan davra suhbati tashkil etildi. Suhbat davomida yosh avlod oʻzlarining oʻqishi va sevimli mashgʻulotlari, maktabda hamda mahalladagi doʻstlari, kelajakdagi maqsadlari haqida oʻrtoqlashdi.
Tadbir yakunida anʼanaga koʻra bolalarga tashkilotchilarning esdalik sovgʻalari topshirildi.