2-aprel — Xalqaro bolalar kitobi kuni munosabati bilan, bolajonlarni kitob mutolaasiga chorlash hamda qiziqtirish maqsadida Buxoro viloyatidagi Oilaviy bolalar uylarida kitobxonlik tadbirlari o‘tkazilmoqda. Buxoro shahrida yashovchi Asatullaevlar oilasi farzandlari o‘z xonadonlarida tashkil etgan kitob bayrami haqidagi taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.
Suhbat davomida ota-onalar ham farzandlariga kitob insonni kamolotga yetaklovchi, kamolga yetishiga yordam beruvchi, dunyoqarashini kengaytiruvchi, zehni o‘tkir, tafakkurini teran qiladigan vosita ekanligini ta’kidladilar.
Tadbir yakunida oʻgʻil-qizlar kelgusida kitobxonlik kechalarini koʻproq tashkil etish va Xalqaro bolalar kitobi kunini viloyatdagi boshqa oilalar bilan hamkorlikda nishonlash g‘oyasi borligini aytdi. Va albatta, bu takliflar harbiy xizmatchilar tomonidan qoʻllab-quvvatlandi.