Shayxontohur tumanidagi 169-sonli umumtaʼlim maktabida soʻnggi qoʻngʻiroq munosabati bilan tantanali tadbir oʻtkazildi. Mazkur tadbirda farzandlarining bilim olishi va ertangi kelajagiga befarq boʻlmaganliklari uchun Atayevlar oilasiga samimiy minnatdorchilik bildirilib,tantanali ravishda tashakkurnomalar topshirildi. Qizlari – sakkizinchi sinf oʻquvchisi Muslima, oʻninchi sinf oʻquvchisi Oysha, 1-sinf oʻquvchisi Xadicha, 6-sinf oʻquvchisi Humayra va oʻgʻillari – sakkizinchi sinf oʻquvchisi Aleksey va 7-sinf oʻquvchisi Rahim aʼlo oʻqishi, namunali xulqi uchun diplom bilan taqdirlandi.
Eng quvonarli voqea bu Asadbekning 9-sinfni bitirib, Milliy gvardiya “Temurbeklar maktabi”ga oʻqishga kirganligi boʻldi.
Vatan himoyachisi boʻlishni orzu qilgan Asadbekka omad tilaymiz. Ukalari va opa-singillariga esa – yoz davomida maroqli hordiq hamroh boʻlsin.