Bugun poytaxtimizdagi 22 hamda 30-sonli Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari Toshkent Davlat stomatologiya institutida malakali tish shifokorlar tomonidan chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.
Bugunning o‘zida 200 nafardan ortiq bolajonlar stomatolog ko‘rigidan o‘tkazilib, dastlabki tekshiruvlardan keyin aniqlangan muammolar bo‘yicha xizmat ko‘rsatish ishlari boshlab yuborildi.
Joylarda bu kabi tibbiy ko‘riklar hamda amaliyotlarning o‘tkazilishi turli kasalliklarni erta aniqlash va o‘z vaqtida samarali davolashga katta hissa qo‘shmoqda.