Milliy gvardiya Toshkent viloyati boshqarmasi psixologlari tomonidan viloyatda tashkil etilgan Oilaviy bolalar uyi tarbiyalanuvchilari bilan bolalarning oilaga moslashuvchanligini o‘rganish maqsadida psixologik ishlar amalga oshirildi.
O‘rganish jarayonida asosiy eʼtibor ota-ona va tarbiyalanuvchi o‘rtasidagi o‘zaro munosabat, bolalarning oiladagi o‘rni, moslashganlik holati, o‘smirlarning feʼl atvori hamda oiladagi o‘zaro mehr-oqibatga qaratildi.
Shu bilan bir qatorda, bolajonlar bilan psixologlar o‘rtasida do‘stona aloqa o‘rnatilib, tadbir yakuniga qadar dildan suhbat qurildi.