Kitob tumanidagi Oilaviy bolalar uyiga ijodiy targ’ibot a’zolari tashrif buyurishdi. Mehmonlar bolalar va ularning ota-onalarini Ramazon hayiti bilan tabriklab, oʻzbek xalqining milliy bayramlari, urf-odat va an’analari haqida so‘zlab berishdi.
Shuningdek, bolajonlarning yangi tahrirdagi “Konstitutsiya to‘g‘risida”gi qonun bo‘yicha bo‘lib o‘tadigan referendumga boʻlgan qiziqishlari inobatga olinib, o‘g‘il-qizlarning ko‘plab savollariga javob berildi.