Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 9 avgustdagi PQ-5215-son va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 17 yanvar kunidagi 26-son qarorlariga asosan Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan "Mehr daftari" tizimi joriy etilgan.
Joriy yilning 20 oktyabr kuni Xorazmda Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari va xodimlari, hududiy hokimiyat va mahalla vakillari ishtirokida mazkur tizimga kiritilgan Shovot, Yangibozor va Gurlan tumanlarida yashovchi 5 nafar yoshlarga 3 dona zamonaviy kompyuter va 2 komplekt tikuv mashinasi sovg‘a qilindi.