Kuni kecha Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi va viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi tomonidan Termiz shahridagi Oilaviy bolalar uylari farzandlarining barchasi Termiz shahar 1-sonli ko‘p tarmoqli oilaviy poliklinikasining mutaxassis shifokorlari nazorati ostida chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.
Shu bilan bir qatorda, shifokorlar tomonidan bolalarning sog‘lig‘ini asrab-avaylash,turli xildagi yuqumli kasalliklarni oldini olish hamda ularga sog‘lom turmush tarzini shakllantirishda doimiy jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanish, sanitariya va gigiyena talablariga rioya etish, to‘g‘ri ovqatlanish ratsioniga amal qilish borasida tegishli maslahatlar berib o‘tildi.