Samarqand viloyati Pastdargʻom tumanida istiqomat qiluvchi Ishonqulovlar oilasi farzandlari darslardan boʻsh vaqtlarida Milliy gvardiya psixologlari katta leytenant U.Mardiyev va katta leytenant T.Soliyeva bilan birgalikda uy-xoʻjalik yumushlarini oʻrganishdi.
Oilaviy bolalar uyidagi muhitni koʻrib koʻz quvonadi.Yigitlar yerlarni yumshatgan bo’lsa,qizlar gullarni parvarish qilmoqda. Tarbiyalanuvchilarni oʻz farzandlaridek mehr berib,kelajakda el-yurt koriga yaraydigan inson boʻlib yetishishlari uchun 8-sonli Oilaviy bolalar uyi rahbari Gulnoza opa va Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari hamkorlikda faoliyat yuritmoqda.