Milliy gvardiya va Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan Mehribonlik uyi hamda Oilaviy bolalar uyi tarbiyalanuvchilarini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilishi yuzasidan belgilab olingan rejalar ijrosini taʼminlash maqsadida, Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimidagi Buxoro viloyatining shahar va tumanlaridagi poliklinikalar tomonidan bolajonlar chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilmoqda.
Taʼkidlash joizki, mazkur tadbirda shikorlar ko‘rigidan o‘tkazilgan farzandlarga dastlabki tekshiruvlardan keyin aniqlangan sog‘lig‘idagi muammolar yuzasidan tibbiy xizmat ko‘rsatish ishlari boshlab yuborildi.
Tadbirlar davomida, Milliy gvardiya Buxoro viloyati bo‘yicha boshqarmasi tibbiyot xizmati masʼullari tomonidan muolajalarning bosqichma-bosqich amalga oshirilishi nazoratga olinib, shifokor ko‘rigida bo‘lish zaruriyatiga qarab farzandlarning davolanish muddati ota-onalar bilan o‘zaro kelishib olindi.