Milliy gvardiya Buxoro viloyati bo‘yicha boshqarmasi masʼullari tomonidan bolajonlarning taʼtil kunlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida o‘z uyini mehr manziliga aylantirgan oilalalar farzandlari bilan “ARK” qo‘rg‘oniga sayohat tashkil etildi.
O‘tmish haqida so‘zlovchi Buxoro amirligi “Ark” qo‘rg‘onida bolajonlar voha o‘tmishiga oid ko‘hna eksponatlar bilan yaqindan tanishishdi, shu bilan birga, o‘z navbatida maroqli madaniy hordiq ham chiqardi. O‘zlarini qiziqtirgan savollarga esa muzey xodimlaridan batafsil javob olishdi.
Tadbir so‘ngida esa, bolajonlarga shirinliklar ulashildi.
Eʼtirof etish joiz, Milliy gvardiya Buxoro viloyati bo‘yicha boshqarmasi rahbariyati tomonidan yoshlar maʼnaviyatini yana-da yuksaltirishga, bilimini boyitishga xizmat qiluvchi bu kabi tadbirlar anʼanaviy tarzda davom ettirilmoqda.