Milliy gvardiya Samarqand viloyati bo’yicha boshqarmasi psixologlari tomonidan Samarqand viloyati Urgut tumanida joylashgan “Chor chinor” bolalar yozgi oromgohida harbiy xizmatchilar farzandlari hamda oromgohdagi bolajonlar ishtirokida trening mashg’uloti tashkil etildi.
Ushbu trening bolajonlarimizning ruhiy salomatligini mustahkamlash, stressni boshqarish va ijtimoiy faollikni oshirishga qaratilgan.
Trening davomida ishtirokchilar ko‘plab foydali psixologik texnikalarni o‘rgandilar, o‘zlarini yanada yaxshi anglash imkoniga ega bo‘ldilar.