Bosh prokuror o‘rinbosari-O‘zbekiston Respublikasi Harbiy prokurori general-mayor Shuxrat Uzakovning tashabbusi bilan harbiy prokuratura organlari tomonidan “Sahovat”, “Muruvvat” va “Mehribonlik” uylarida xayriya tadbirlari o‘tkazilib kelinmoqda.
Navbatdagi tadbir Urganch harbiy prokuraturasi xodimlari Xiva shahridagi “Mehribonlik uyi”ga borib, tarbiyalanuvchilar holidan xabar olindi hamda mehribonlik uyida tashkil etilgan kutubxona, muzey va yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishildi.
Shuningdek, mehribonlik uyining sobiq direktori, O‘zbekiston qaxramoni, senator marhum Vera Borisovna Pakning 80 yilligi xotirlandi hamda tarbiyalanuvchilarga kitoblar jamlanmasi va esdalik sovg‘alari ulashdi.
Tadbir so‘nggida tarbiyalanuvchi va ishchi-xodimlarga dasturxon yozildi.