Chirchiq shahri kamondan otish sporti boʻyicha Oʻzbekiston chempionatiga mezbonlik qilmoqda  / / Buxoro shahridagi 35-umumtaʼlim maktabida Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan ota-onalar ishtirokida ochiq muloqot tadbiri tashkil etildi. Unda Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri oʻrinbosari Farhod Boqiyev va Milliy gvardiya qoʻmondoni oʻrinbosari Sarvar Mamayusupov ishtirok etdi / / Milliy gvardiya Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda Chirchiq harbiy prokuraturasi hamkorligida “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” bo‘lib o‘tdi / / “Oila-mahalla-maktab” tizimi amalda  / / “Xavfsiz maktab” konsepsiyasini joriy etishga eʼtibor qaratilmoqda / / “Maktab-oila-mahalla” zanjirini mustahkamlash borasidagi ishlar / / Maxsus reportaj : Voyaga yetmaganlar oʻrtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi yanada takomillashtirilmoqda / / Oilaviy bolalar uylari faoliyati, ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarning ichki kechinmalari bilan tanishishingiz mumkin / / Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligi nishonlandi / / Termiz tumanidagi 16-sonli maktabda “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” tashkil etildi / / «Turon yo‘lbarslari» harbiy-vatanparvarlik sport musobaqasi / / O‘quvchi yoshlar o‘rtasida “Xalq bilan armiya - bir tanu, bir jon” shiori ostida harbiy vatanparvarlik sport musobaqasi o‘tkazildi / / Milliy gvardiya xodimlari hamda Ijtimoiy himoya milliy agentligi hamkorlikda Jizzax va Sirdaryo shahridagi Oilaviy uylar faoliyati ko‘zdan kechirildi / / Milliy gvardiya Namangan viloyati bo‘yicha boshqarmasida "Ochiq eshiklar kuni" o‘tkazildi / / Farg‘ona shahridagi 11-sonli umumtaʼlim maktabida "Navoiyxonlik kechasi" bo‘lib o‘tdi / / Harbiy qismda "Ochiq eshiklar kuni" tadbiri o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi inspektor-psixologlari hamda prokuratura masʼullari hamkorligida Sariosiyo tumanidagi 2-sonli umumtaʼlim maktabida “Mening maktabimda jinoyat bo‘lmaydi!” shiori ostida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi / / Jizzax shahridagi 31-sonli maktabda "Men vatanparvarman" shiori ostida tadbir o‘tkazildi / / “Farzandim jigarbandim” ko’rsatuvining 107-soni 58-sonli umumta’lim maktabidan tayyorlandi / / Inspektor-psixologlar uchun o‘quv seminari / / Milliy gvardiya Fargʻona viloyati boʻyicha boshqarmasida maktab oʻquvchi yoshlari va harbiy xizmatchilarning farzandlari uchun vatanparvarlik tadbiri tashkillashtirildi / / Maʼnaviy-maʼrifiy va sport tadbirlari oʻtkazildi / / Fargʻona viloyati "Qoʻriqlash" boshqarmasi xodimlari tomonidan Fargʻona shahridagi 1-sonli alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalar maktabida kamondan otish boʻyicha maxsus mahorat darslari tashkil etildi / / Yoshlar uchun vatanparvarlik tadbirlari oʻtkazilmoqda / / "Vatan tayanchi" sardorlari uchun oʻquv-seminari tashkil etildi / / Maktablarda giyohvandlikning oldini olishga qaratilgan tadbirlar bo‘lib o‘tmoqda / / Harbiy qismda "Ochiq eshiklar kuni" tadbiri hamda "Uch avlod uchrashuvi" oʻtkazildi 

IJTIMOIY HIMOYAGA MUHTOJ BOLALAR TAʼLIM-TARBIYASI BO‘YICHA YANGI TIZIM JORIY ETILADI

2.8.2021 2060

Yurtboshimiz raisligida 28 iyul kuni nogironligi bo‘lgan, ota-ona qaramog‘idan mahrum va yetim bolalarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashni kengaytirish bo‘yicha o‘tkazilgan videoselektorda aniq vazifalar va maqsadli yo‘nalishlar belgilab berildi.

Mazkur yig‘ilishda davlatimiz rahbari Mehribonlik uylaridagi bolalarni oilaga yaqin muhitda tarbiyalash, bilim va maʼnaviyatli, vatanparvar insonlar etib voyaga yetkazish zarurligini taʼkidladi.

Shu maqsadda bu borada yangi tizim joriy qilinishi belgilandi. Unga ko‘ra, 16 ta Mehribonlik uyi va 4 ta Bolalar shaharchalaridagi yoshlarning taʼlim-tarbiyasiga O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi masʼul etib belgilandi.

Bugungi kunda Milliy gvardiya tizimining barcha bo‘g‘indagi rahbarlari yurtboshimiz tomonidan bildirilgan ishonchni his qilgan holda, masʼuliyatli va sharafli vazifani bajarishga kirishdilar.

Ushbu yo‘nalishdagi ishlarni tizimli yo‘lga qo‘yish hamda yangi bosqichga olib chiqish maqsadida Milliy gvardiya qo‘mondoni general-mayor R.Djurayev joriy yilning 30 iyul kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha (ombudsman) o‘rinbosari - Bola huquqlari bo‘yicha vakili, Toshkent shahar hokimligi, Xalq taʼlimi vazirligi va Bosh prokuratura mutasaddi rahbarlari, shuningdek hududiy va shahar vasiylik organi mutaxassislari bilan uchrashib bir qator masalalar muhokama qilindi.

31 iyul kuni esa Milliy gvardiya qo‘mondoni poytaxtimizda Oilaviy bolalar uyi tashkil qilish istagida bo‘lgan uch nafar fuqaro K.Atayeva, F.Uteshova va U.Turdaliyevalarni  ushbu yo‘nalishga masʼul mutasaddi rahbarlar hamda mutaxassis xodimlar    ishtirokida qabul qildi.

Uchrashuv ochiq muloqot tarzida bo‘lib o‘tdi. Oilaviy bolalar uyi tashkil qilish istagida bo‘lgan ushbu fuqarolarning takliflari va rejalari shuningdek, mutaxassislar tomonidan bildirilgan huquqiy-meʼyoriy hujjatlar talablari doirasidagi fikrlari tinglandi.

Milliy gvardiya qo‘mondoni ushbu fuqarolarga xayrli ishga qo‘l urayotganliklari uchun o‘z minnatdorchiligini bildirdi.  Ularga Oilaviy bolalar uyi tashkil qilishlari uchun qisqa muddatlarda barcha zarur shart-sharoitlar yaratib berilishini ishonch bilan taʼkidlab, tegishliligi bo‘yicha masʼul xodimlarga topshiriqlar berdi.