Jamoat xavfsizligi universiteti professor-o‘qituvchilari va kursantlari Toshkentdagi 22-sonli Mehribonlik uyiga tez-tez tashrif buyurishadi.
Xususan, “O‘zbek tili bayrami kuni” munosabati bilan o‘qituvchi va kursantlar tomonidan “Ona tili– millatning ruhi” shiori ostida tarbiyalanuvchilar ishtirokida maʼnaviy-maʼrifiy va sport tadbirlari tashkil etildi . Bolalarga o‘zbek tili qanday paydo bo‘lganligi va rivojlanganligi, nechta sheva mavjudligi to‘g‘risida batafsil maʼlumotlar berildi. Bolalar bilan birgalikda o‘zbek tili rivojiga hissa qo‘shgan buyuk shoir va yozuvchilar yodga olindi.
Kunning ikkinchi yarmida barcha tadbir ishtirokchilari bilan voleybol, futbol, stol tennisi, shaxmat-shashka bo‘yicha musobaqalar o‘tkazildi.
Uchrashuv so‘ngida universitet vakillari tomonidan faol ishtirok etgan bolajonlarga sovg‘alar topshirildi.