Harbiy qismda "Ochiq eshiklar kuni" tadbiri o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi inspektor-psixologlari hamda prokuratura masʼullari hamkorligida Sariosiyo tumanidagi 2-sonli umumtaʼlim maktabida “Mening maktabimda jinoyat bo‘lmaydi!” shiori ostida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi / / Jizzax shahridagi 31-sonli maktabda "Men vatanparvarman" shiori ostida tadbir o‘tkazildi / / “Farzandim jigarbandim” ko’rsatuvining 107-soni 58-sonli umumta’lim maktabidan tayyorlandi / / Inspektor-psixologlar uchun o‘quv seminari / / Milliy gvardiya Fargʻona viloyati boʻyicha boshqarmasida maktab oʻquvchi yoshlari va harbiy xizmatchilarning farzandlari uchun vatanparvarlik tadbiri tashkillashtirildi / / Maʼnaviy-maʼrifiy va sport tadbirlari oʻtkazildi / / Fargʻona viloyati "Qoʻriqlash" boshqarmasi xodimlari tomonidan Fargʻona shahridagi 1-sonli alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalar maktabida kamondan otish boʻyicha maxsus mahorat darslari tashkil etildi / / Yoshlar uchun vatanparvarlik tadbirlari oʻtkazilmoqda / / "Vatan tayanchi" sardorlari uchun oʻquv-seminari tashkil etildi / / Maktablarda giyohvandlikning oldini olishga qaratilgan tadbirlar bo‘lib o‘tmoqda / / Harbiy qismda "Ochiq eshiklar kuni" tadbiri hamda "Uch avlod uchrashuvi" oʻtkazildi / / Toshkent texnologiya, menejment va kommunikatsiyalar instituti Singapur filialida Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi / / Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari tashkil etilganligining 33 yilligi munosabati bilan maktablarda vatanparvarlik tadbirlari davom etmoqda / / Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti kursant va harbiy xizmatchilari Toshkentdagi 22-sonli Mehribonlik uyida boʻldilar / / Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari 30-sonli Mehribonlik uyida oʻtkazilgan bayram tadbirida ishtirok etishdi // Respublikamizda “Zo‘ravonlikka qarshi 16 kunlik faol harakatlar” tadbirlariga start berildi // "Yongʻin xavfsizligi oyligi" munosabati bilan poytaxtimizdagi 22 va 30-sonli Mehribonlik uylarida Yashnobod va Chilonzor tumani FVB bo’limi xodimlari tomonidan “Yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qilish” mavzusida o‘quv mashg‘uloti tashkil etildi. // Sirdaryo viloyatida joylashgan Oilaviy uylarda "Kuz-qish mavsumini betalofat oʻtkazish" maqsadida 15-noyabrdan 15-dekabrgacha boʻlib oʻtayotgan "Yongʻin xavfsizligi oyligi" doirasida Milliy gvardiya Sirdaryo viloyati boʻyicha boshqarmasi, viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi, elektr va gaz taʼminoti tashkiloti xodimlari bilan hamkorlikda profilaktik yoʻriqnoma va koʻrgazmali mashgʻulotlar oʻtkazildi. // Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda harbiy xizmatga boʻlgan qiziqishini oshirish maqsadida ochiq eshiklar kuni va "Uch avlod uchrashuvi" o'tkazildi // Buxoro viloyatining Romitan tumanida yana bir maktabning qoʻshimcha binosi foydalanishga topshirildi // Farzand tarbiyasida maktab va ota-ona hamkorligi // “Uch avlod uchrashuvi” o‘tkazildi // "Hilpirayver muqaddas bayroq" shiori ostida tadbir o'tkazildi. // Buxoro shahridagi 35-sonli maktabda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi qabul qilingan kun bunosabati bilan tadbir tashkil etildi // O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston sog‘liqni saqlash sohasi xodimlariga bayram tabrigi  / / Prezident Shavkat Mirziyoyev maktablarda musiqa, jismoniy tarbiya va harbiy vatanparvarlik fanlari sifatini oshirish bo‘yicha taqdimot bilan tanishdi / / Milliy gvardiya inspektor-psixologlari uchun tashkil etilgan o‘quv-seminari yakunlandi / / Andijon shahridagi 2-son Ixtisoslashtirilgan maktab internatida sportning kamondan o‘tish turi bo‘yicha mahorat darslari hamda bellashuvlar o‘tkazildi / / Prezident Shavkat Mirziyoyev ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarni tarbiyalash, nogironligi bo‘lgan shaxslarni sportga jalb etishga oid takliflar taqdimoti bilan tanishdi // “Mehribonlik” uylari bitiruvchilari va Oilaviy uylar farzandlarining talabalar turar joylaridagi yashash sharoitlari o‘rganildi / / Yosh sportchilar xalqaro musobaqada ishtirok etishdi / / Vatanga mehr oiladan boshlanadi / / Oilaviy uy farzandlari chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik dan o‘tkazildi / / Vatanga mehr oiladan boshlanadi / / Oilaviy uy farzandlari chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi / / Milliy gvardiya va maktab hamkorligi  / / Maktablarda faoliyat olib borayotgan xodimlar ishtirokida davra suhbati bo'lib o'tdi / / Shofirkon tumanida navbatdagi vatanparvarlik tadbiri o'tkazildi / / Milliy gvardiya Bolalar psixologiyasi markazi 2 yoshda! 

Baxtli bo‘ling, Salimaxon va Jamshidbek!

29.7.2024 957

Joriy yilning 27 iyul kuni poytaxtimizda yana bir yosh oila, Salima Amanova va Jamshidbek Qoraxonovlarning qonuniy nikohiga va ularning cheksiz xursandchiligi guvohi bo‘ldik. Tantanali marosimga yoshlarni tabriklash uchun Salimaning Mehribonlik uyidagi do‘stlari va Milliy gvardiya vakillari tashrif buyurishdi.

Gap shundaki, ota-onasining fojiali vafotidan so‘ng “Mehribonlik” uyiga tushib qolgan qizaloqning taqdiri 2021-yilning avgust oyidan boshlab o‘zgardi, Davlatimiz rahbarining “Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni tarbiyalashning tubdan yangilangan tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan Milliy gvardiya xodimlari respublika bo‘ylab ota mehriga muhtoj tarbiyalanuvchilarning qo‘lidan ushlagani kabi Salimaxonning ham o‘ksik qalbidan joy topib uni oila deb atalmish muqaddas ostonaga qadam qo‘yishiga ko‘maklashishdi.

Xususan, Toshkent shahridagi 21 mehribonlik uyida tarbiyachi bo‘lib yillar davomida ishlab kelgan Umida Turdialiyeva, 2021-yilda Milliy gvardiya ko‘magida Salima va yana to‘rt nafar farzandni, o‘z oilasiga qabul qildi. Shundan beri uch yil o‘tdi, Salima oila muhitida mehr va g‘amxo‘rlikda o‘sdi. Mana endi u ham o‘z oilasini yaratib mustaqil hayotga qadam qo‘ydi.

Yoshlar do‘stlar davrasida uchrashishdi. Birinchi kunlardanoq ular o‘rtasida do‘stlik paydo bo‘ldi va har bir uchrashuvda ular qanchalik o‘xshash qarashlar va hatto orzulari borligidan quvonishdi.

Misol uchun, ikkalasi ham oilada er va xotin ishlashi kerak, jamiyatda o‘z o‘rnini topishi kerak deb hisoblaydi. Yigit Toshkent davlat transport universitetining 4-kurs talabasi, yozgi taʼtilda esa mashhur qandolatchilik sexida yarim ish kunida ishlaydi.

Hozir Jamshidbek rafiqasi bilan kirish imtihonlari natijasini intiqlik bilan kutmoqda: qiz onasi Umida Komilovna singari o‘qituvchilik kasbini tanlab, Davlat pedagogika universitetiga kirish imtihonlarini topshirdi.

Yosh oilaga baxt va farovonlik, mehr va muhabbat tilaymiz.