Toshkent shahridagi 22-sonli Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari hamda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat Pedagogika universiteti talabalari o‘rtasida mustahkam do‘stlik rishtalari o‘rnatildi. Talabalar tez-tez bolajonlarning oldiga tashrif buyurib, ular bilan mashg‘ulotlar, o‘yinlar o‘tkazib kelmoqda.
Bugungi tadbirda bolalar psixologiyasi sohasida taʼlim olayotgan mutaxassislar tomonidan psixologik treninglar tashkil etilib, har bir tarbiyalanuvchi bilan yakka tartibda suhbatlar o‘tkazildi. Shu bilan bir qatorda, barcha yosh avlodga tengdoshlari bilan qanday munosabatda bo‘lish kerakligi hamda madaniyat bilan so‘zlash lozimligi tushuntirildi.