O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi tomonidan yurt osoyishtaligini taʼminlash va o‘sib kelayotgan yosh avlodni har tomondan yetuk bo‘lib kamolga yetishi hamda jamiyatda o‘z o‘rnini munosib egallashi yo‘lida olib borayotgan chora-tadbirlar qatorida maktablarda harbiy vatanparvarlikka ixtisoslashtirilgan Milliy gvardiya sinflari tashkil etilishi alohida diqqatga sazovor ishlardan biridir.
Buxoro viloyati Buxoro tumanida joylashgan 34-umumtaʼlim maktabida "Yosh gvardiyachilar" sinfi tashkil etildi va bu orqali egnida harbiy libos kiyishni orzu qilayotgan, vatanga sodiq farzand bo‘lib, uni himoya qilishga hozirdan shay turgan o‘g‘il-qizlarimiz uchun mustahkam poydevor yaratildi.
Shu munosabat bilan o‘tkazilgan tadbirda Milliy gvardiya Buxoro viloyati bo‘yicha boshqarmasi inspektor psixolog xodimlari ishtirok etib, o‘quvchi-yoshlarga muvaffaqiyatlar tilashdi