Ezgu va xayrli tashabbuslar davom etmoqda. Bugun Buxoro shahrida Ochilov Sobir hamda Husanova Feruzalar savobli ishga qo‘l urdilar. Xususan, Ochilovlar oilasi "Mehribonlik uyi" dan 6 nafar bolani asrab olib viloyat hududida 7-sonli "Oilaviy bolalar uyi" ni tashkil etdi.
Eslatib o‘tamiz, Buxoro viloyatida shu kunga qadar 16 nafar o‘g‘il-qiz o‘z oilasiga qaytarilib, 55 nafar tarbiyalanuvchilar ota-ona mehriga va oila muhitidagi sharoitga ega bo‘ldilar.