Mazkur tadbirda taniqli madaniyat namoyandalari, san’atkorlar, estrada xonandalari, teatr, kino va ijodiy jamoalar ishtirok etdi.
Ushbu adabiy-ma’rifiy kechada Vatanni madh etuvchi ijod namunalari qatorida ustozlar, faxriylar, Vatan uchun jon fido etgan buyuk insonlar xotirasi yodga olindi.
Tadbir davomida Asatullayevlar, Jo‘rayevlar, Behbutovlar oilasi farzandlari bilan bir qatorda Milliy gvardiya Buxoro viloyati bo‘yicha boshqarmasi harbiy xizmatchilari hamda ularning oila aʼzolari ham faol qatnashdilar.