Muborak Ramazon oyining ushbu kunlarida har bir kishi savobli ishlar qilishga, nafaqat qarindosh-urug‘ va yaqinlariga, balki atrofdagilarga ham quvonch ulashishga harakat qiladi. Ro'zadorlarga yoki ijtimoiy yordamga muhtoj qo'shnilardan xabar olish yaxshi amallardan biridir. Albatta, tuman hokimi Behbutovlar oilasiga tashrif buyurar ekan, birinchi navbatda bolalar va ularning ota-onalariga yordam berishni maqsad qildi. O‘z namunasi bilan boshqalarni ham davlat va jamiyatning e’tibori va g‘amxo‘rligiga muhtoj bo‘lgan insonlarni qo‘llab-quvvatlashga chaqirish ezgu fazilat sanaladi.
Kechki ovqat mahali Behbutovlar oilasi dasturxoni atrofiga ko`plab mehmonlar jam bo`ldi. Dildan kechgan suhbat davomida barcha yangiliklar, rejalar, orzular va umidlar bilan bo'lishdi.