29 yoshli qahramonimizga xonadon kalitlarini Qo'qon shahar hokimligi, Milliy gvardiyaning Farg'ona viloyati bo'yicha boshqarmasi vakillari, yoshi ulug'lar va mahalla faollari tantanali ravishda topshirdilar.
Maqsudjon va boshqa ko‘plab sobiq bitiruvchilar orzusining ro‘yobga chiqishi Milliy gvardiya, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Bolalarni himoya qilish shu’basi va boshqa bir qator tashkilotlar hamkorligida amalga oshirilgan ishlar samarasidir. Xususan, Prezident topshirig‘iga ko‘ra, 30 yoshgacha bo‘lgan Mehribonlik uylarining sobiq bitiruvchilari haqida ma’lumotlar to‘plangan. Uy-joy bilan ta'minlanmagan yoki yashash uchun mo'ljallanmagan, shuningdek, belgilangan sanitariya-gigiyena talablariga, yong'in xavfsizligi qoidalariga javob bermaydigan binolarda yashovchilar ro`yxati alohida shakllantirilgan.
- Men juda hursandman. Turmush oʻrtog’im va farzandim bilan 2010-yildan buyon Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchisi sifatida yotoqxonadan menga ajratilgan bir xonada yashar edik. Bu yerdagi sharoit juda achinarli edi. Xonalar sanitariya-gigiyena talablariga javob bermaydigan darajada eski bo`lib, hech qanday tozalash ishlari uyni shinam holatga keltirishga yordam bermagan.
Rafiqam bilan birinchi marta yangi xonadonga kirganimizda, u quvonchdan ko'z yoshlarini ushlab turolmadi. Rostini aytadigan bo`lsam, o`z uyim bo`lishiga ishonmagan edim. Yangi uyda yashash uchun zarur bo'lgan barcha narsalar mavjud: uy jihozlari, maishiy texnika. Endilikda baxtli oilaviy hayot kechirish uchun hamma narsamiz bor. Buning uchun Davlatimiz rahbaridan juda minnatdormiz, sababi ularning e’tibori tufayli Mehribonlik uylarining sobiq bitiruvchilari yashayotgan sharoit tubdan oʻzgardi, - deydi "Muruvvat" mahalla fuqarolar yig'inining yangi fuqarosi Maqsudjon Mirzayev.