“Rishton” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohida Qo‘qon shahridagi oilaviy bolalar uylari farzandlari taʼtil kunlarini maroqli o‘tkazmoqda. O‘g‘il-qizlar havaskorlik to‘garaklarida qatnashishlari, suzish va quyoshda toblanishlari, kino tomosha qilish, kitob o‘qishlari mumkin. Tarbiyachilar har kuni bolalar uchun tanlovlar, sport musobaqalari, sayohatlar tashkil etmoqda. Bunda ularga Milliy gvardiyaning Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi harbiy xizmatchilari va xodimlari yaqindan yordam bermoqda. Yaqinda gvardiyachilar tomonidan “Quvnoq estafeta” musobaqasi o‘tkazildi, unda ishtirokchilar chaqqonliklari, zukkolik va jismoniy tayyorgarliklarini sinovdan o‘tkazishdi.