Toshkent shahrida Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari va xodimlari favqulodda vaziyatlar boshqarmasi bilan hamkorlikda oilaviy bolalar va mehribonlik uylarini hamda SOS O‘zbekiston Bolalar Mahallalari uyushmasini kuz-qish mavsumiga tayyorlashga kirishdi.
30-sonli Mehribonlik uyida yong‘in xavfsizlik xizmati mutaxassislari tomonidan yong‘in sabablari bo‘yicha tadbir o‘tkazildi. Bolalarga yong‘inni o‘chirish uchun maxsus uskunalar va jihozlar ko‘rsatildi, shu bilan birga muassasada mavjud bo‘lgan asosiy vositalardan – o‘t o‘chirgich va qumdan qanday foydalanish kerakligi tushuntirildi. Shuningdek, xonada tutun paydo bo‘lganda qanday harakat qilish kerakligi, nima uchun darhol 101 raqamiga qo‘ng‘iroq qilish juda muhimligi tushuntirildi.
Bolalar bilan suhbatdan tashqari, muassasa xodimlari hamda oilaviy bolalar uylari ota-onalari bilan tushuntirish ishlari olib borildi. Ishchi guruhlar elektr va gaz taʼminoti tizimlarining holatini, isitish uskunalarini, yong‘in xavfsizligi burchaklarini tekshirishga katta eʼtibor berishdi.