Favqulodda holatlar hamda yong‘in sodir etilishini oldini olish, is gazidan zaharlanish, isitish moslamalaridan foydalanish bilan bog‘liq holatlarning oldini olishga oid xavfsizlik qoidalariga qatʼiy amal qilish muhim vazifadir. Shu maqsadda, Milliy gvardiya Buxoro viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda viloyat FVB bilan hamkorlikda viloyat hududida faoliyat yuritayotgan "Oilaviy bolalar uyi" tarbiyalanuvchilari uchun profilaktik tadbir o‘tkazildi.
Tadbir davomida, yoshlarga favqulodda holatlardagi harakatlar, yong‘in xavfsizligi qoidalariga doimiy amal qilishlari, shuningdek, yong‘inlarni oldini olish va yong‘in o‘chirish vositalaridan foydalanish tartibi bo‘yicha batafsil maʼlumotlar berilib, targ‘ibot ishlari olib borildi.