Yoshlarining bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda yoshlar orasida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish maqsadida joriy yilning 10 iyul kunida Milliy gvardiya Buxoro viloyati bo‘yicha boshqarmasi muddatli harbiy xizmatchilari hamda “Mattiyevlar” oilasi farzandlari bilan sport tadbirlari tashkil etilib, yoshlar mini-futbol sport turi bo‘yicha o‘zaro kuch sinashdilar.
Eʼtirof etish joiki, ayni dam olish kunida tashkil etilgan o‘yinlar, qizg‘in va murosasiz bahslarga boy bo‘ldi.
Tadbir so‘ngida, g‘olib jamoalar Milliy gvardiya Buxoro viloyati bo‘yicha boshqarmasining esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.