Kuni kecha O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasining 31 yilligini nishonlash sanasida Buxoro viloyatidagi oilaviy bolalar uylarii tarbiyalanuvchilari davlat madhiya musiqasining muallifi Mutavakkil Burxonovning uy-muzeyiga tashrif buyurdi.
Uy muzeyiga tashrif buyurgan o'g'il-qizlar xodimlarning Buxoroda tug‘ilib o‘sgan buyuk bastakor hayoti va ijodi haqidagi hikoyasini katta qiziqish bilan tinglashdi.
Bolalar muzeydagi fotoko‘rgazma va undagi madhiya muallifi hayoti davomidagidek deyarli o‘zgarmagan eksponatlar bilan tanishar ekan, ular Mutal Burxonov musiqasi qanday tug‘ilgani, uning Davlat madhiyasi musiqasi ustida qanday ijod qilganini tasavvur qilishdi.
Shundan so'ng, O‘zbekiston Davlat madhiyasini tinglab, bolalar uy-muzeyiga tashrif buyurib, bastakor ijodi bilan tanishgach, madhiya ular uchun alohida tantanali yangrayotganini, qalblarida Vatanga muhabbat to‘lqini jo’sh urayotganini aytishdi.