So`nggi yillarda yurtimizda bolalarni ijtimoiy, iqtisodiy va maʼnaviy jihatdan himoya qilish borasida keng koʻlamli ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, Oila kodeksi, Fuqarolik kodeksi, Mehnat va Jinoyat kodeksi hamda boshqa bir qator qonun hujjatlarida bolalar huquqlarini himoya qilishga oid normalar oʻz ifodasini topgan.
Shu ma'noda, Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo‘mitasi a’zosi, senator A.Xusenova, Buxoro viloyati hokimligi Bolalarni himoya qilish masalalari kotibiyati mudiri M.Yarashov hamda Milliy gvardiya Buxoro viloyati bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari J.Bozorov, shuningdek, Oilaviy bolalar uyi ota-onalari ishtirokida Peshku tumanida aholi oʻrtasida bola huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari masalalari boʻyicha huquqiy ong va huquqiy madaniyatni oshirishga qaratilgan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda so‘z olganlar tomonidan bolalar hamda ular qonuniy vakillarining bola huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilishi, bolaning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish masalalarida atroflicha ma'lumotlar berildi.