Qashqadaryo viloyati Koson tumani hokimligi va homiylar tomonidan 3-sonli Oilaviy bolalar uyining 6 nafar farzandlariga qishki kiyim-kechaklar tuhfa qilindi.
Tuman hokimi o‘rinbosari va masʼullar tomonidan xonadonlarga tashrif buyurilib, o‘g‘il-qizlarning holidan xabar olindi. Shuningdek, bolajonlar sevimli isteʼmol qiladigan shirinliklar hamda oziq-ovqat mahsulotlari ham yetkazib berildi.