Ayni shu tamoyil asosida tashkil etilgan navbatdagi uchrashuvlarda, Milliy gvardiya Buxoro viloyati bo‘yicha boshqarmasi psixologlari Asatulloyevlar hamda Jo‘rayevlar xonadonida tarbiya topayotgan bolajonlar holidan xabar oldi.
Eʼtiborlisi shundaki, bu galgi psixologik uchrashuvlarda masʼullar bolajonlar taʼlim olayotgan muassasalarda bo‘lishib, ularning ruhiy holatini o‘rgandilar, shuningdek yosh avlodni vatanga sadoqat, yurtga, ayniqsa ota-ona, oilasiga muhabbat va o‘zaro hurmat-ehtirom ruhida tarbiya topishi uchun motivatsion fikrlarni bildirdilar.